Navbatdagi o'quv-amaliy seminar joriy yilning 18-fevral kuni Jondor tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida  tashkil etildi.  Unda oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan metodlar, o‘quvchilarga Xalqaro baholash dasturlari PISA, PIRLS, TIMSS haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirilib, ochiqlangan savollar asosidagi topshiriqlardan xabardor qilindi, shuningdek, LDW va CEREBRY platformasiga doir ma'lumotlar berildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari reja-grafik asosida viloyatning belgilangan hududlarida davom etadi.