
O‘zbekistonning xalqaro PISA- 2025 tadqiqotlarida ishtirok etish maqsadida joriy yilning 3-18 may kunlari respublikamizdagi tanlangan umumta’lim muassasalarida tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadqiqotda Buxoro viloyatidagi 3 ta maktab, ya’ni Buxoro tumanidagi 2-, Jondor tumanidagi 5- hamda Romitan tumanidagi 41-umumta’lim maktablaridan jami 168 nafar o’quvchilar ishtirok etishdi.

Jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan nazorat olib borildi. 2024-yil 6-may kuni Buxoro viloyatida olib borilgan PISA tadqiqotlari tajriba-sinov jarayonlari o’z yakuniga yetdi.