Memorandumda belgilangan asosiy maqsad va vazifalar:

✅ Prezident maktabining ilg'or tajribalarini umumiy o'rta ta’lim muassasalariga joriy qilish, o'zaro tajriba almashish imkoniyatini yaratish;

✅ Hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlash sifatini oshirish bo'yicha respublika va xalqaro miqyosda o'quvlar, konferensiyalar, anjumanlar, master-klasslar, seminar-treninglar tashkil etish, ilg'or xorijiy tajribani joriy etishga ko'maklashish;

✅ Prezident maktabining xorijiy va milliy pedagoglari ishtirokida haftaning belgilangan kunlarida   fan yo'nalishlari bo'yicha tashkil etiladigan treninglarning  reja-grafiklarini tasdiqlash;

✅ Hududiy markaz va Prezident maktabi hamkorligida maktab ta’limi muammolari, yechimlari va sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.