O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:
Tegishli fanlar bo'yicha kafedra o`qituvchisi lavozimiga bo'sh vakant o'rinlar:
⯑ Maktabgacha tarbiya o‘qituvchisi
⯑ Pedagogika o‘qituvchisi
⯑Ingliz tili fani o‘qituvchisi
⯑Matematika fani o‘qituvchisi
⯑Informatika fani o‘qituvchisi
⯑Biologiya fani o'qituvchisi
⯑Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
⯑Axborot resurs markazi mutaxassisi
⯑Huquq fani o'qituvchisi
⯑Musiqa fani o'qituvchisi
TALABLAR:
✅ Magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lishi;
✅ Mehnat staji kamida 2 yil shundan, kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;
✅ Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
✅ Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT manzili orqali topshirishi mumkin.
Qabul muddati:30.03.2025
Murojaat uchun: (91) 447-28-51, (91) 447-67-30