O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant  bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilаdi:

⯑Markazning tegishli vakant lavozimlari:

⯑Fanlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig'i
⯑Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi
⯑Maktabgacha ta'limni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i
⯑Maktabgacha ta'limni muvofiqlashtirish bo'limi yetakchi mutaxassisi

⯑Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi:

⯑Maktabgacha ta'lim metodisti
⯑Rus tili fani metodisti
⯑Qardosh tillar metodisti
⯑Jismoniy tarbiya va ChQBT metodisti

TALABLAR:

Vakant lavozimlarga soha yo'nalishi (pedagogika fanlari yo‘nalishi) bo‘yicha oliy maʼlumotli bakalavr diplomiga ega (magistratura diplomiga egalik ustunlik beradi) nomzodlar;

✅ Kamida 3 yil (shundan kamida 1 yil ta'lim sohasida soha yo'nalishi bo'yicha ishlagan bo'lishi) ish stajiga ega bo‘lishlari;

✅ Kompyuter savodxonligiga  ega bo‘lishi, davlat tilini bilishi (rus, ingliz va chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi) hamda soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni  bilishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko'nikmlariga ega bo'lishi talab etiladi.

Talabgor nomzodlar o'z hujjatlarini https://buxoromoi.uz yoki @BUXOROPMMBOT
manzili orqali topshirishi mumkin.

Qabul muddati: 30.03.2025

Murojaat uchun: (91) 447-28-51, (91) 447-67-30