O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 19-dekabrdagi “Pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq  Pedagogik mahorat markazi mutaxasisslari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Buxoro shahridagi 72-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'ldilar.

Tashrif davomida mutaxasisslar tomonidan so'rovnomalar o'tkazildi,  tarbiyachilarning ehtiyojlari aniqlanib, faoliyatlari davomida qiynalayotgan muammolari borasida suhbat tashkil etildi va metodik tavsiyalar berildi.