Ayni paytda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida joriy yil fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun malaka ishi (Mikrodars, loyiha ishi) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Bunda tinglovchilar tomonidan o'qitish uslubiyati, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish va ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlari bo'yicha muayyan mavzularda yoki faoliyat yo'nalishi doirasida mikrodars yoki loyiha ishlari tayyorlanib, komissiya a'zolari tomonidan baholash mezonlari asosida baholanmoqda.